Profi Universityning 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilari bo‘yicha olib borilgan monitoring natijalariga ko‘ra, 2 261 nafar bitiruvchilarning qariyb 80 foizi (1791 nafar) turli xil sohalarda mehnat faoliyati bilan band.
Ularning 1315 nafari (58,16 foiz) rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘illanayotgan bo‘lsa, qolganlari tadbirkorlik, o‘zini o‘zi band qilish, bola parvarishi ta’tili va boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan bandlik toifalariga kiradi.
Ish bilan ta’minlangan bitiruvchilar tarkibiga nazar tashlansa, ularning asosiy qismini xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan yoshlar tashkil etayotganini ko‘rish mumkin. Bunda 1121 nafar bitiruvchi yuridik shaxslarda ishchi-xodim sifatida faoliyat olib bormoqda. Bu jami bitiruvchilarning qariyb 49,58 foizini tashkil qiladi.
Bundan tashqari, 76 nafar bitiruvchi tashkilot ta’sischisi sifatida biznes yuritayotgan bo‘lsa, 62 nafar bitiruvchi shartnoma asosida ishlamoqda. 23 nafar bitiruvchining bevosita davlat xizmatchisi sifatida ishlayotgani universitet bitiruvchilarining davlat boshqaruvi tizimida ham o‘z o‘rnini topayotganidan dalolat beradi.
Bandlik faqatgina ishga joylashish ko‘rsatgichlari bilan cheklanmaydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda 244 nafar bitiruvchi o‘zini-o‘zi band qilish orqali daromad topmoqda. Shuningdek, 33 nafar bitiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Bitiruvchilar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda. Mazkur hududda 561 nafar bitiruvchining 445 nafari ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bandlik darajasi 79,32 foizni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (357 nafar bitiruvchi, bandlik – 75,35 foiz) hamda Samarqand viloyati (223 nafar bitiruvchi, bandlik – 77,13 foiz) qayd etilgan.
Bandlik darajasi bo‘yicha eng yuqori natija Namangan viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu hududda bitiruvchilarning 88,31 foizi ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, Jizzax viloyati (85,25 foiz), Qashqadaryo viloyati (84,07 foiz), Sirdaryo viloyati (83,05 foiz) va Andijon viloyati (83,13 foiz) ham yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etgan.
Ayrim hududlarda esa bandlik darajasi nisbatan pastroq. Xususan, Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 67,52 foizni tashkil etib, ish bilan ta’minlanmagan bitiruvchilar ulushi 32,48 foiz bilan eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida bandlik darajasi 72,41 foiz, Navoiy viloyatida esa 75 foizni tashkil etgan.
Umuman olganda, hududlar kesimidagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Profi University bitiruvchilarining aksariyat hududlarda bandlik darajasi 75–85 foiz oralig‘ida bo‘lib, bu universitet bitiruvchilarining mehnat bozorida yuqori talabga ega ekanini tasdiqlaydi.
Ularning 702 nafari (85,61 foiz) ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bandlik darajasi 88 foizni, Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) yo‘nalishida esa 86,67 foizni tashkil etib, eng yuqori natijalar qayd etildi. O‘zbek tili va adabiyoti (85,07 foiz), Bank ishi va auditi (82,35 foiz) hamda Axborot tizimlari va texnologiyalari (81,58 foiz) yo‘nalishlari bitiruvchilari orasida ham bandlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi.
Nisbatan pastroq bandlik ko‘rsatkichi Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida kuzatildi. Mazkur mutaxassislikni tamomlagan 688 nafar bitiruvchining 484 nafari (70,35 foiz) ish bilan ta’minlangan bo‘lsa, 204 nafari hali ishga joylashmagan. Shuningdek, Iqtisodiyot yo‘nalishida bandlik darajasi 72,41 foiz, Maktab menejmenti yo‘nalishida esa 76,47 foizni tashkil etdi.
Bandlik shakllari bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, aksariyat bitiruvchilar yuridik shaxslarda yollanma xodim sifatida faoliyat yuritmoqda. Masalan, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida 498 nafar, Pedagogika va psixologiyada 253 nafar, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida esa 85 nafar bitiruvchi aynan shu shaklda ish boshlagan.
Shu bilan birga, o‘zini o‘zi band qilish ko‘rsatkichi Pedagogika va psixologiya (115 nafar), Boshlang‘ich ta’lim (49 nafar) va Iqtisodiyot (28 nafar) yo‘nalishlarida nisbatan yuqori ekani kuzatilmoqda.
Natijada ayollar orasida bandlik darajasi 83,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 69,7 foizni tashkil qilmoqda. Aksincha, band bo‘lmaganlar ulushi erkaklar orasida 30,3 foiz, ayollar orasida esa 16,7 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkichlar ayol bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvi va ishga joylashish darajasi yuqoriligini ko‘rsatadi.