Karyera rivoji uchun qanday sertifikatlar kerak?

Bugungi kunda IT sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun nafaqat amaliy ko‘nikmalar, balki xalqaro darajada e’tirof etilgan sertifikatlarga ega bo‘lish ham muhim. 


Bu Sizga ishga qabul qilinish imkoniyatini yaratibgina qolmay, balki doimiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqish va harakatingizni namoyon qiladi.  


Quyida IT mutaxassislari uchun karyera rivojida foydali bo‘ladigan sertifikatlar haqida qisqacha ma’lumotni taqdim etamiz:




  • Coursera Professional Certificates - “Meta Front-End Developer” yoki “Google IT Support” kabi sertifikatlar orqali sohaning turli yo‘nalishlarini masofadan o‘rganishingiz mumkin. Dunyo bo‘ylab tan olingan yirik kompaniyalar tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. 


  • CompTIA Security+ - kibertahdidlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha malakangizni tasdiqlovchi eng muhim sertifikatlardan biri. 


  • Scrum Master Certification (CSM) - IT loyihalar va  jamoani samarali boshqarish hamda tezkor dasturlash jarayonlarini mukammallashtirish imkonini bera oladi. 


Bilarmidingiz? Xalqaro IT sertifikatlar uchun sarflagan xarajatlaringizni qisman yoki to‘liq kompensatsiya olish imkoniyati mavjud!

Kirish