OMMAVIY OFERTA SHARTNOMASI

"Profi University" ga kirish uchun imtihon xizmatlarini ko'rsatish tog’risida

Toshkent shahri

MCHJ “Profi University” oliy ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda - Universitet) nomidan Nizom va 2022-yil 16-iyuldagi 1-sonli ishonchnoma asosida ish yurituvchi rektor Tursunov Nodir Botirovich,  mazkur ommaviy oferta shartnomasida (keyingi o‘rinlarda - shartnoma) ko'rsatilgan shartlar asosida har qanday shaxs bilan "Profi University" oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kirish uchun imtihon (keyingi o'rinlarda - Imtihon) o'tkazish to’g’risida shartnoma tuzishni taklif qiladi. Shartnoma tuzilgan shaxs bundan keyin “imtihon topshiruvchi” deb yuritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq, mazkur oferta ommaviy oferta hisoblanadi va internet tarmog‘ida https://profiuniversity.uz/ rasmiy veb-saytida va telegramdagi @profiuniversity_bot ga joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

1.Shartnomaning predmeti

1.1. "Universitet" o’qishga kirish uchun imtihon xizmatlarini ko'rsatishni o'z zimmasiga oladi,uning natijalari bo'yicha Universitetga o'qishga kirish imkoniyati aniqlanadi, "imtihon oluvchi" esa ko'rsatilgan xizmatlar uchun haq to'laydi.

1.2. Ushbu Shartnomani tuzish uchun “imtihon topshiruvchi” “Universitet”ga quyidagi hujjatlarni taqdim etish majburiyatini oladi:

1) ariza;

2) shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;

3) imtihon uchun to'lovni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi.

1.3. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-qismiga muvofiq ushbu Shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklifning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinganligi (Ofertaning aksepti) “imtihon topshiruvchi” tomonidan 4-bo‘limga muvofiq to‘lovni amalga oshirish hisoblanadi. To’lovni tasdiqlovchi hujjatda bir vaqtning o'zida to'lov qismida "imtihon topshiruvchining" ning to'liq ismi ko'rsatilishi kerak; to'lovning maqsadi qismida “imtihon topshirish uchun”deya to'lov amalga oshirilganligini ko'rsatishi kerak.

1.4. "Universitet" o'z xohishiga ko'ra istalgan vaqtda oferta shartlarini o'zgartirishi yoki uni chaqirib olishi mumkin. Taklif shartlariga kiritilgan o'zgartirishlar "Universitet"ning rasmiy veb-saytida Internetda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar bunday joylashtirish paytida boshqa muddat belgilanmagan bo'lsa. Ushbu o'zgartirishlar "Universitet"ning rasmiy veb-saytida Internet tarmog'ida e'lon qilinishidan oldin Shartnomani tuzgan shaxslar va "Universitet"ning o'zaro majburiyatlariga ta’lluqli emas.

Kirish