Profi University talabalari uchun xalqaro mehnat bozoriga chiqish imkoniyatlari yanada kengaytiriladi

Profi University talabalarni nafaqat milliy, balki xalqaro mehnat bozoriga chiqishlari uchun sharoit yaratishni ham o‘z oldiga maqsad qilgan. Shu sababli, turli kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.


Shu munosabat bilan bugun, 2025-yil 9-yanvar kuni “Financial Compliance Solutions” auditorlik kompaniyasi bosh direktori Davron Yakubov, kompaniya katta menejeri Azizbek Ahmedov hamda Profi University rektori, akademik G‘ayrat Shoumarov, Pedagogik masalalar bo‘yicha rektor maslahatchisi, “Karyera” markazi boshqaruvchisi Po‘latov Ulug‘bek ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, hamkorlik memorandumi imzolandi.



Ushbu Memorandum doirasida Profi Universityning Iqtisodiyot, Marketing, Buxgalteriya hisobi va audit, Bank ishi va audit yo‘nalishi
 talabalari uchun ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar tashkil etish, jamoat tashkilotlari va ekspertlar jamoasi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish ishlari amalga oshiriladi.


Shuningdek, universitet talabalarining Financial Compliance Solutions kompaniyasida amaliyot o‘tashlari, turli dasturlar asosida o‘quv kurslarida qatnashishlari va kompaniya vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etiladi.


Bu orqali talabalar quyidagilarga erishadilar:


  • Amaliy tajriba orttirish – talabalar o‘z sohalaridagi real ish muhitida amaliy ko‘nikmalar hosil qilishadi, bu esa ularning nazariy bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi;


  • Ishga joylashish imkoniyatlari – amaliyotda o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan talabalar kelgusida kompaniya tomonidan to‘liq ish bilan ta’minlanishi mumkin;


  • Muayyan yo‘nalishdagi dasturlarni o‘zlashtirish – turli o‘quv kurslari orqali talabalar dunyo miqyosidagi zamonaviy dastur va texnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar, bu ularning raqobatbardoshligini oshiradi;


  • Dunyo mehnat bozoriga chiqish imkoniyati – xalqaro darajadagi amaliyot va treninglar orqali talabalar global mehnat bozoriga chiqish va xalqaro ish beruvchilar tomonidan e’tiborga olinadigan ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.


Ma’lumot uchun, FCS - auditorlik tashkiloti bo‘lib, auditorlik xizmatlaridan tashqari davlat va xususiy korxonalar uchun buxgalteriya hisobi va moliya sohasida konsalting xizmatlarini ham taqdim etadi.


Kompaniyaning asosiy missiyasi mahalliy va xalqaro kompaniyalar uchun buxgalteriya, moliya va audit sohasida yuqori sifatli konsalting xizmatlarini taqdim etish hamda xalqaro talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash maqsadida turli xil loyihalarni amalga oshirish.

Qo‘shimcha ma'lumolar uchun:

  • +99890-189-36-02
  • +99871-205-82-25


Kompaniya haqida batafsilhttps://fcs-experts.uz

Kirish