Bugungi raqobatbardosh mehnat bozorida, bitta vakansiya uchun 250 dan ortiq arizalar kelib tushadi, ba’zan bu raqam 386 taga ham yetadi. Bu raqamlar ko‘plab ish izlovchilarning boshqa nomzodlar orasida yo‘qolib qolish xavfini yanada oshiradi.
Xo‘sh, bunday bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ish topishda eng ko‘p uchraydigan xatolar qaysi? Bugun mana shular haqida gaplashamiz.
Rezyume va arizadagi texnik xatolar
Rezyume — har bir nomzodning asosiy hujjati. Uning sifati ko‘pincha nomzodning ishga kirish imkoniyatlarini oshiradi va uning qanday kadr ekanligi haqida ish beruvchiga dastlabki ma’lumotlarni beradi.
[Masalan: boyka_007@..., xotdog_love@..., qoravoy_boss@...]
[Ya’ni: “Mas’uliyatli, jamoada ishlay olaman, tez o‘rganaman” kabi umumiy jumlalar]
Bu raqamlar shuni ko‘rsatadiki, hatto kichik texnik xatolar ham ish topish imkoniyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday xatolar, hatto tajribali nomzodlarda ham tez-tez uchrab turadi.
Rezyumedagi noto‘g‘ri format
Bugungi kunda ko‘plab kompaniyalar arizalarni dastlab Applicant Tracking System (ATS) deb nomlangan tizim orqali filtrlashga odatlangan. Bu tizimlar 98.8 % Fortune 500 kompaniyalari tomonidan qo‘llanadi.
Bunday tizimlar hozirgi kunda O‘zbekistonda ham ommalashib bormoqda. Hatto, HR mutaxassislari vaqt yo‘qotmaslik uchun nomzodlarni saralashda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan ham foydalanmoqda.
Bunday texnologiyalar lavozimga moslashtirilmagan rezyumelarni (75 % holatda) HR mutaxassislari, ish beruvchilarga taqdim etmaydi.
Ya’ni, nomzodlar tegishli kalit so‘zlar yoki to‘g‘ri formatdan foydalanmasa, tizim ularni hech qachon inson HR mutaxassisiga ko‘rsatmaydi. Bu ayniqsa, yosh mutaxassislar va karyerasini o‘stirmoqchi bo‘lganlar uchun katta to‘siq bo‘ladi.
Rezyumening mos kelmasligi
Rezyume va motivatsion xatni har bir ish o‘rniga alohida moslashtirmaslik eng katta xatolardan biri hisoblanadi.
Ushbu statistikalar shuni ko‘rsatadiki, moslashtirilgan arizalar samaradorligi ancha yuqori, va rezyumeni moslashtirmaslik ko‘pincha nomzodlarni suhbat bosqichiga yetib bormay qolishiga sabab bo‘ladi.
Haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlar
Ish topishda yolg‘on ma’lumot yozish jozibali ko‘rinadigan strategiya bo‘lsa-da, bu salbiy oqibatlarga olib keladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ‘‘Z’’ avlod vakillarining 47 foizi rezyumesiga ma’lum bir darajada yolg‘on ma’lumot kiritganini aytgan.
Bu aslida orttirilmagan tajriba yoki lavozimni bo‘rttirish orqali amalga oshiriladi, lekin bu, ko‘pincha, suhbat davomida bilinib qoladi yoki boshqa hollarda ishga qabuldan so‘ng xodimning ishdan bo‘shatishga ham sabab bo‘ladi.
Shaxsiy brend va onlayn profilni e’tiborsiz qoldirish
Bugungi kunda ish qidirish faqat ariza yuborishdan iborat emas, tarmoqlarda onlayn mavjudlik ham juda muhim hisoblanadi. Taxminan 77 % ish beruvchilar LinkedIn profilini ishlatadi.
Shu bilan birga, 40 % rekruterlar nomzodda onlayn mavjudlik bo‘lmasa, ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari bo‘lmasa, ularni suhbatga chaqirmaslikni o‘ylab ko‘radi.
Bular shuni ko‘rsatadiki, faqat an’anaviy rezyume bilan cheklanish yetmaydi, balki yaxshi ishga kirishda sizning professional onlayn profilingiz ham asosiy rol o‘ynaydi.
Tarmoq (networking) va murojaatni etarli darajada davom ettirmaslik
Ko‘pchilik ish qidirishni faqat e’lon ko‘rish va CV yuborish deb tushunadi. Lekin real ish bozori esa boshqacha ishlaydi. Ya’ni, juda ko‘p vakansiyalar rasmiy e’lon qilinmasdan turib ichki tavsiya orqali yopiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 60 % ishlar bevosita professional tarmoq orqali topiladi.
Bu shuni anglatadiki, faqat ish e’lonlariga bog‘lanib qolmaslik, balki professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish samarali strategiya hisoblanadi. Ko‘pincha ishlar hali e’lon qilinmagan vaqtida ichki tarmoqlar orqali to‘ldiriladi.
Agar nomzod faqat “ish qidirish saytlari” bilan cheklansa, u ko‘plab yashirin imkoniyatlarni qo‘ldan boy beradi.
Ayrim nomzodlar esa murojaatlarni davom ettirmay xatoga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni, ko‘pchilik CV yuboradi va javob kutadi. Agar javob kelmasa jim qolaveradi.
Shuning uchun ariza bo‘yicha 5-7 kun ichida javob kelmagan taqdirda ish beruvchi bilan qayta aloqani yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi.
Umuman olganda, ish topish — bu imtihon topshirish emas. Bu strategiya, aloqa va samarali muloqotni talab qiladi.