Rezyume haqida umumiy tushuncha
Rezyume — bu siz haqingizdagi reklamadir. Bu so‘zni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak. Rezyume avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjatdir.
Birinchi darsimizda rezyume haqidagi umumiy tushunchalar haqida o‘rtoqlashamiz. Rezyumeda o‘z haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering.
Davlat idoralari haqida bilmadik-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar qiziq emas. Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy birinchi taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering.