Profi University talabasi xalqaro maydonda

Profi Universityda tahsil oluvchi iqtidorli talabalar juda ham ko‘p. Ular orasida tahsil olayotgan faol talabalarimizdan biri “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi, PPS-212-guruh talabasi Axrorova Mavludadir.


Mavluda Axrorova nafaqat Profi University balki, o‘zbek xotin-qizlarining ijobiy imijini dunyo bo‘ylab yoyishga hissa qo‘shmoqda.


Buning sababi shundaki, yaqinda Turkiyaning Alanya shahrida “Baygench” nashriyoti va O‘zbekistondagi “Shine” qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “Sözler Dansı: Özbek Kızlarının Yaratıcı Çalışmaları” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy saytida ham axborot berildi.




Ushbu taqdimot marosimida esa Mavluda Axrorova ham o‘z ijodiy ishi bilan faol qatnashib, maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Muhim jihati shundaki, Mavludaning mazkur ijodiy ishi xalqaro antologiyasi - “So‘z raqsi: o‘zbek qizlari ijodi” kitobida nashr etildi.



“So‘z raqsi: o‘zbek qizlari ijodi” kitobi vatanimizning yosh “nihollari”ni dunyo ahliga o‘z bilim va ko‘nikmalari, yutuqlari bilan tarannum bo‘lishiga katta hissa qo‘shadi. Ayni paytda biz AQSH, Xitoy, Turkiya, Ozarbayjon, Misr kabi davlatlarning nufuzli universitetlari bilan madaniy almashinuv loyihalarini amalga oshirib kelmoqdamiz.

Boshqacha aytganda, xalqaro antologiyalar nashr etish orqali O‘zbekiston va o‘zbek xotin-qizlari ijobiy imijini dunyo bo‘ylab tarannum etyapmiz. Maqsadim – ilmli, iqtidorli dugonalarimni xalqaro miqyosda tanitish”, - deydi loyiha rahbari Shohida Yusupova.


Taqdimot so‘nggida mazkur kitobda ijodiy ishlari chop etilgan iste’dodli qizlar qatorida  Mavluda Axrorova ham so‘zga chiqib, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.


Shu o‘rinda Profi University iqtidorli talaba Axrorova Mavludani ushbu muhim va faxrli yutug‘i bilan chin dildan tabriklaydi. 

calendar icon 26-05-2025 12:50
Вход