Profi University o‘z talabalarining nafaqat sifatli ta’lim olishini, balki ularning amaliy ko‘nikmalari shakllanishini va ish bilan ta’minlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi.
Shu maqsadda universitet qoshida turli sohalar bo‘yicha ekotizim yaratish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Unitur sayyohlik agentligi mazkur yondashuvning yorqin namunasi hisoblanadi.
Unitur — bu Profi University tomonidan asos solingan sayyohlik agentligi bo‘lib, nafaqat odamlarga xizmat ko‘rsatadi, balki talabalarga amaliyot maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni paytda turizm yo‘nalishidagi kurslarda tahsil olayotgan 5 nafar faol talabamiz ushbu agentlikda doimiy asosda faoliyat yuritmoqda. Bu orqali ular oliy ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Unitur sayyohlik agentligi orqali talabalar
Ushbu loyiha Profi University ning “o‘qish – rivojlanish – ishlash” tamoyilini real hayotga tatbiq etishdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, universitet talabalarining kasbiy jihatdan shakllanishiga samarali hissa qo‘shmoqda.
Hozirgi kunda tur kompaniya tomonidan xorijiy davlatlarga hamda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish bo‘yicha 20 dan ziyod turistik marshrutlar (sayohat dasturlari) ishlab chiqilgan va shu asosida mahalliy va xorijiy turistlarning dam olish vaqtlari hamda sayohatini mazmunli va maroqli tashkil etiladi.
Unitur haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar bilan kompaniyaning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy sahifalaridan qo‘shimcha ma’lumotlar olish mumkin.
Sayt: unitur.uz
Telegram: @unituruz
Instagram: @unitouruz
Tel: 1277