Oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshirilmoqda.
Endilikda, mazkur dastur asosida Profi University bitiruvchi talabalari o‘z biznes g‘oyalari uchun 10 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha imtiyozli shartlar asosida kredit olishi mumkin.
Bunda Profi University “Karyera markazi” “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda universitet bitiruvchilariga “Kelajakka birinchi qadam”, “Yorqin kelajak sari”, “Kelajak uchun start” kabi moliyaviy yechimlarni taklif etadi.
Shuningdek, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan bitiruvchi bosqich talabalarimiz uchun biznes g‘oyani tayyor loyihagacha olib borish jarayonida ko‘mak beramiz va biznes loyihani qulay shartlarda moliyalashtirib beramiz.
Bu imkoniyatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Qanday qilib biznes boshlashni bilmaydiganlar nima qiladi?
O‘z biznes g‘oyasini qanday qilib amalga oshirishni bilmayotgan bitiruvchi bosqich talabalarimiz uchun “O‘zmilliybank” AJ tomonidan g‘oyani tayyor loyihagacha yetkazishda amaliy yordam ham ko‘rsatiladi.
Biznes g‘oya aniq loyiha shakliga keltirilgach, uni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, ariza topshirish jarayonlari va boshqa texnik bosqichlarda ham talabalarga amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Bu orqali talabalarimiz nafaqat o‘z biznes g‘oyalariga ega bo‘ladilar, balki uni hayotga tatbiq etish yo‘lida real qadamlar tashlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Kelajakka qadam” loyihasi hamda kredit berish shartlari qanday?
Kimga murojaat qilish kerak?
Qo‘shimcha ma’lumot va savollarga javob olish uchun Profi University rektor maslahatchisi Ulug‘bek Po‘latov (Bektemir kampusi, A-bino, 205-xona)ga yoki Milliy bank xodimi Abdulaziz Gulboyevga (@abdulaziz9294) Telegram orqali murojaat qilish mumkin.
Shuningdek, loyiha haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishish hamda biznes loyihasi uchun moliyaviy yoki boshqa masalalar bo‘yicha maslahat olmoqchi bo‘lgan talabalar quyidagi Telegram guruhiga qo‘shilib olishlari mumkin. Havola: https://t.me/+j4CFGbIG6I9iM2Vi
“Kelajakka qadam” dasturi oliy ta’lim bitiruvchilariga o‘z kelajagini qurishda katta yordam beradi. Mazkur tashabbus yoshlarning ishga joylashishiga ko‘maklashish, ularning biznes g‘oyalarini rivojlantirish va zamonaviy talablarga mos mutaxassis bo‘lishlariga xizmat qiladi.
Shu orqali, mamlakat iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar bazasi kengayadi va yurtimizning raqobatbardoshligi oshadi.