Profi University talabasi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

2025-yil 30-may kuni Tashkent City Hilton mehmonxonasida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti hamda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.


Unda Profi University Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 5-kurs talabasi Kuzieva Durdona Avazbek qizi o‘zining “Sun’iy intellekt vositalarining pedagogik-psixologik jarayonga integratsiyasi: imkoniyatlar va muammolar” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan ishtirok etdi.


Mazkur maqolada zamonaviy sun’iy intellekt vositalarining ta’lim jarayonlariga integratsiyasi, ularning pedagogik va psixologik muammolari, imkoniyatlari va ularni to‘g‘ri joriy etishning samarali yo‘llari tahlil etildi. 


Kuzieva Durdona Avazbek qizi o‘z tadqiqotida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘quv jarayonini optimallashtirishdagi roli, talabalar motivatsiyasi va o‘qituvchining faoliyatiga ta’sirini ilmiy jihatdan asoslab berdi.


Bu kabi anjumanlarda Profi University talabalari tomonidan tayyorlanayotgan ilmiy ishlanmalar nafaqat ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qilmoqda, balki yosh tadqiqotchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.


Universitetimizda shunday faol va izlanuvchan talabalar tahsil olayotgani — boshqa talabalarimizga ham o‘z sohalarida tadqiqotlar olib borishga, ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashishga kuchli turtki beradi.


Profi University ilmiy va amaliy tadqiqotlar borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirish, talabalarni zamonaviy ilm-fan yutuqlariga mos holda tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. 


Shu bois universitetimiz barcha talabalarni o‘z ilmiy ishlanmalari bilan xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda faol qatnashishga chorlaydi.

calendar icon 03-06-2025 11:35
Kirish